Senat Raisi Betaraflik doʻstlari guruhiga aʼzo mamlakatlar parlamentlari rahbarlarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Betaraflik doʻstlari guruhiga aʼzo mamlakatlar parlamentlari rahbarlarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etdi.
Videokonferensaloqa formatidagi tadbir Turkmaniston Milliy Kengashi Majlisi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, “Parlamentlararo muloqot – dunyoda tinchlik va ishonchni taʼminlashning muhim vositasi” mavzusiga bagʻishlandi.
Uchrashuvda Betaraflik doʻstlari guruhiga aʼzo mamlakatlar parlamentlari, parlamentlararo tashkilotlar, Parlamentlararo ittifoq va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.
Parlamentarizmning zamonaviy global chaqiriqlar sharoitidagi roli, parlamentlar oʻrtasida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada chuqurlashtirish, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, ilgʻor tajribalar va milliy amaliy yondashuvlarni almashish masalalari muhokama qilindi.
Senat Raisi oʻz nutqida geosiyosiy ziddiyatlar, xavfsizlik tahdidlari, ijtimoiy inqirozlar ortib borayotgan bir paytda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining qatʼiy irodasi tufayli bugun mintaqamizda doʻstlik, ochiqlik va hamjihatlik muhiti qaror topayotganligini aytib oʻtdi.
BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning “yopiq chegaralar va hal etilmagan nizolar davri ortda qoldi, mintaqada Yangi Markaziy Osiyoni shakllantirish jarayoni boshlandi” degan fikrlari bunga misol boʻlishi taʼkidlandi.
Shuningdek, bugun Markaziy Osiyo – bu yangi sifatdagi mintaqaviy birlik, tinchlik va barqarorlik timsoli ekanligi, parlamentlar esa bu jarayonda muhim koʻprik vazifasini bajarayotganini qayd etib oʻtdi.
“Biz qonunchilik orqali nafaqat ichki siyosatni, balki mintaqaviy hamkorlik va ishonch muhitini ham mustahkamlaymiz. Hozirgi zamonaviy sharoitda parlamentlar xalqlar manfaatlarida tinchlik, ishonch va adolatni mustahkamlashda tobora muhim rol oʻynamoqda”, – dedi Senat Raisi.
Uchrashuv yakunida tomonlar parlamentlararo muloqotni yanada faollashtirish va oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashga oid kelishuv va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring