Zokirjon Almatov Fargʻonada IIB xodimlari ayolni tahqirlaganini keskin qoraladi
Yaqinda “Kun.uz” nashri Fargʻona viloyati Furqat tumanida IIB xodimlari 34 yoshli ayolni tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi bilan ishqiy munosabat ustida qoʻlga olganini roʻkach qilib, ayolni yechintirib kaltaklagani hamda soliq mansabdori ustidan yolgʻon ariza berishga majburlagani haqida maʼlumot tarqatdi.
Bugun, 7-oktabr kuni IIV huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari va OAV vakillari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida mazkur holat yuzasidan tanqidiy muhokamalar boʻlib oʻtdi. Xususan, Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov Furqat tumani IIB xodimlari tomonidan ayol kishining tahqirlanish holatini keskin qoraladi.
“Bu — oʻtaketgan vahshiylik. U rahbar (!) qaysidir yoʻllar bilan amalga oʻtirib qolgan, deb oʻylayman. Qanday sharoitda boʻlsa ham, ichki ishlar idorasi xodimi oʻzini ushlashni bilishi kerak. Biz oʻzidan ketib qolgan bunday rahbarlarni aslo kechirmaymiz”, dedi Almatov.
Uning taʼkidlashicha, ichki ishlar idoralarida ishlaydigan har bir xodim oʻzini psixologik jihatdan tayyorlashi, jahlini jilovlay olishi kerak.
“Har bir yigʻilishda vazir, vazirlik rahbariyati, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshliqlari xodimlardan shu narsani talab qiladi: jahlingga erk berma, jahlingni jilovla, odamlarni avval yaxshilab eshit, deymiz. Hatto bizga jahl qilib, oʻzini osib qoʻyganlar ham boʻlgan. Shuning uchun yigitlar, qizlarimiz, eshitinglar:
Insonlarga nisbatan mehr-muhabbat degan tuygʻularning hammasi bizda boʻlish shart. Siz bilan biz faqat qamash uchun yaratilmaganmiz. Tarbiyalash, insonlarga gʻamxoʻrlik qilish, ularga yordam berish uchun ichki ishlar xodimlari bor. Shu narsa hech qachon esimizdan chiqmasin. Lekin odam boʻlmaydiganlarning qonun boʻyicha jazosini berishimiz shart. Shu bois bizning faoliyatimizda har xil odamlar uchrab turadi”, deydi IIV maslahatchisi.
Zokirjon Almatovning qoʻshimcha qilishicha, mazkur holat boʻyicha maxsus tekshiruv olib borilmoqda.
Shuningdek, holat Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tomonidan nazoratga olingan. Oliy sudga koʻra, Furqat tumani IIB boshligʻi va oʻrinbosari 6 ta modda boʻyicha ayblanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring