Dushanbeda elektrosamokat va elektrovelosipedlardan foydalanish 2030-yilgacha taqiqlandi
Dushanbe shahrida elektrosamokat, elektrovelosiped va boshqa shaxsiy harakatlanish vositalaridan foydalanish vaqtincha — 2030-yilgacha taqiqlandi. Bu haqda shahar hokimi Rustam Emomalining qaroriga tayanib, Sputnik Tojikiston xabar qildi.
Qarorga muvofiq, 2030-yilgacha shahar hududidagi avtomobil yoʻllari va piyodalar yoʻlaklarida elektrosamokatlar, elektrovelosipedlar va boshqa shaxsiy harakatlanish vositalaridan foydalanish mumkin emas. Faqat rasmiy tartibda roʻyxatdan oʻtgan va maxsus belgilangan zonalarda harakatlanishiga ruxsat etiladi.
Maʼmuriyatning maʼlum qilishicha, taqiq quyidagi sabablarga koʻra joriy qilingan:
— Elektrosamokat va elektrovelosipedlardan nazoratsiz foydalanish;
— Ular bilan bogʻliq YTHlar sonining koʻpayishi;
— Transport harakatini va piyodalar oqimini buzishi;
— Yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmaslik holatlari.
Shahar hokimligi taʼkidlashicha, ushbu tashabbus yoʻl harakatini xavfsiz qilish va barcha ishtirokchilar uchun qulay infratuzilma yaratishga qaratilgan.
Shu tariqa Dushanbe 2030-yilgacha shaxsiy elektr harakatlanish vositalari harakatini chegaralaydigan Markaziy Osiyodagi ilk poytaxtlardan biriga aylandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring