Toshkentda joriy yilning 5 oyida 29 kishi YTH oqibatida halok boʻldi
Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB
Toshkent shahrida 2024-yilning besh oyida yoʻl-transport hodisasida oqibatida 29 kishi halok boʻldi, yana 364 nafar fuqaro turli darajada jarohatlandi. Bu haqda poytaxt IIBB boshligʻi, general mayor Aziz Toshpoʻlatov raisligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda maʼlum qilindi.
Bildirilishicha, yigʻilishda 2024-yilning 5 oyi davomida Toshkent shahrida 393 ta yoʻl-transport hodisasi qayd etilgan, ularda 29 nafar fuqaro halok boʻlgan, shuningdek, 364 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Xabarga koʻra, YTHning 240 tasi piyodalar ishtirokida sodir etilgan. YTHning sabablari tahlil qilinganda, haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmasligi, piyodalarning belgilanmagan joylardan yoʻlni kesib oʻtishi natijasida sodir etilgani 99 foiz holatda qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring