Toshkentda Yangi yil bayrami tadbirlari boshlandi

06:05 21 Dekabr 2020 Jamiyat
3169 0

Yangi yil bayram tadbirlarini koʻtarinki ruhda tashkil etish, aholimizga madaniy xordiq uchun sharoitlar yaratish maqsadida 20-dekabrdan poytaxtimizning Istiqlol koʻchasida (Oʻzbekiston milliy kutubxonasi yaqinida) muhtasham archa oʻrnatildi va bolajonlar uchun oʻyingohlari ishga tushirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu yil archada musiqa sadolari ostida tovlanuvchi chiroqlarni emas, balki RGB ekranda qiziqarli namoyishlarni koʻrasiz.

Maydon esa oq va koʻk rangli chiroqlar bilan bezatilgan. Kun davomida estrada yulduzlari ishtirokida konsertlar, shou dasturlar va sirk namoyishlarini koʻrish mumkin boʻladi.

Bayram tadbirlari 2021-yilning 10-yanvariga qadar har kuni soat 10:00dan kechki 22:00 gacha davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?