Toshkentda yana 3 ta avtobus yoʻnalishi BRT orqali harakatni boshlaydi
Poytaxtning Shota Rustaveli koʻchasidan oʻtuvchi navbatdagi 3 ta avtobus yoʻnalishi harakati qayta tiklanmoqda. Bu haqda Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 26-oktyabr kunidan boshlab 80-, 114- va 127-sonli avtobus yoʻnalishlari Shota Rustaveli koʻchasidagi markaziy avtobus yoʻlagi (BRT) orqali harakatni boshlaydi.
“Ushbu yoʻlak orqali harakatlanayotgan avtobuslarga ustuvorlik berish lozim.
Loyiha maqsadi — jamoat transportiga ustuvorlik berish, tirbandliklarni kamaytirish va yoʻlovchilar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratishdir”, deyiladi Transport boshqarmasi xabarida.
Boshqarma, shuningdek, quyidagilarni eslatib oʻtgan:
Yoʻlovchilar uchun:
• Avtobuslar yoʻlning oʻrta qismidagi maxsus ajratilgan yoʻlak orqali harakatlanadi.
• Platformaga faqat belgilangan piyodalar oʻtish joylari orqali chiqing.
• Avtobus toʻliq toʻxtagachgina eshikka yaqinlashing.
• Avval keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va bolali yoʻlovchilarga yoʻl bering.
Haydovchilar uchun:
• Markaziy avtobus yoʻlagi (BRT) faqat avtobuslar uchun moʻljallangan.
• Bu yoʻlakda boshqa transport vositalarining harakatlanishi va toʻxtashi qatʼiyan taqiqlanadi.
• Chapga burilish va ortga qayrilish har ikki yoʻnalishda ham taqiqlangan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 22-oktyabr kunidan boshlab 2-, 18-, 45- va 94-sonli avtobus yoʻnalishlari Shota Rustaveli koʻchasidagi markaziy avtobus yoʻlagi (BRT) orqali harakatlana boshlagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring