Toshkentda tugʻilganiga 1 soat boʻlgan chaqaloq koʻchaga tashlab ketildi
Foto: IIV JXD reportajidan kadr.
Toshkent shahrida yangi tugʻilgan chaqaloq koʻchaga tashlab ketildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti xabar berdi. Voqea 2024-yil 15-yanvar kuni tonggi soat 7:30 larda Yangihayot tumani Zarbdor mahallasida sodir boʻlgan.
Xabar qilinishicha, shubhali sumka haqida mahalla aholisi xabar bergan. Koʻcha chetida turgan sumkaning harakatlanishi fuqarolardan birining diqqatini tortgan. Fuqaro sumkaga yaqinlashganida ichidan bolaning yigʻisi eshitilgan. Sumkani ochgan fuqaro uning ichida yangi tugʻilgan chaqaloq borligini koʻrgan va darhol 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilgan.
Voqea joyiga tezkor yetib kelgan ichki ishlar xodimlari chaqaloqni tekshirib, darhol shifoxonaga olib borishgan. Tez tibbiy yordam shifokorlarining aytishicha, chaqaloqning tugʻilganiga atigi bir soat boʻlgan. Uning kindigi noodatiy usulda kesilgan boʻlib, bu holat alohida eʼtiborni talab qiladi. Hozirda chaqaloqning holati barqaror va unga zarur tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Hozirda chaqaloqning kim tomonidan tashlab ketilgani aniqlanyapti.
“Fuqarolarni bunday holatlar haqida xabardor boʻlishga va koʻrib qolgan taqdirda darhol tegishli xizmatlarga murojaat qilishga chaqiramiz”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring