Toshkentda “Tracker” boshqaruvni yoʻqotib, beton simyogʻochga urildi

09:10 27 Dekabr 2024 Jamiyat
88 0

Foto: IIBB YHXB

Poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati Uchtepa tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi haqida maʼlumot berdi.

Unga koʻra, bugun, 27-dekabr kuni soat 00:40 larda Uchtepa tumani TXAY koʻchasida 25 yoshli N.K. “Tracker” rusumli avtomashinasida rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻlni ajratib turuvchi beton toʻsiqqa va beton sim yogʻochga urilgan.

YTH oqibatida jabrlangan haydovchi birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?