Toshkentda “sutxoʻrlik” yoʻli bilan qarzdorlarning uy-joylarini tortib olganlar qamoqqa olindi
Illyustrativ foto
Toshkent shahrida foizga pul berib, qarzdorlarning uy-joylarini tortib olishda gumonlangan uch nafar shaxs qamoqqa olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida aniqlanishicha, 1989-yilda tugʻilgan Rominov Sardor Farxodovich, 1990-yilda tugʻilgan Yuldashev Baxtiyor Xabibulla oʻgʻli, 1993-yilda tugʻilgan Xusainov Timur Rustamovich bir qator jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinmoqda.
Jumladan, ushbu shaxslar fuqarolarga foiz evaziga pul berib, qarz olgan shaxsning nomida boʻlgan turar joy va boshqa koʻchmas mulklarini garov evaziga oʻzining nomiga rasmiylashtirib olgan.
Fuqarolar belgilangan muddatda qarz va foizlarini bermagan taqdirda, uy-joydan oilasi bilan chiqarib yuborish va mulkini tortib olish bilan shugʻullanib kelgan. Vaholanki, garovga qoʻyilgan mulk miqdori foiz evaziga berilgan pul mablagʻidan 3-4 barobar koʻp boʻlgan.
Shuningdek, fuqaro bilan qarz yoki oldi-sotdi shartnomasi tuzilganidan soʻng kelishilgan summadan kam miqdorda pul bergan. Xususan, fuqaro ulardan 100 ming AQSH dollarini foiz evaziga soʻrasa, oldi-sotdi yoki qarz shartnomasi rasmiylashtirib boʻlganidan soʻng 65-70 ming AQSH dollari atrofida pullarni berib, qolgan pullarni maklerlik xizmati, boshqa xarajatlar uchun olib qolganini aytadi, keyinchalik foiz toʻlovlarni kamaytirib berishi hamda toʻlovlar kechiksa, bezovta qilmasligi haqida aytib, aldagan.
Tergov jarayonida 1989-yilda tugʻilgan Rominov Sardor Farxodovich, 1990-yilda tugʻilgan Yuldashev Baxtiyor Xabibulla oʻgʻli va 1993-yilda tugʻilgan Xusainov Timur Rustamovich jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlangan. Ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan.
“Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslardan jabr koʻrgan boʻlsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari boʻyicha biror maʼlumotga ega boʻlsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-40-97 yoki 102 raqamlariga yoxud 90-976-28-21 Telegram raqamiga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bollivud yulduzi Mumbaydagi uyida pichoqlab ketildi
- HAMAS va Isroil oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi
- Poykentdan Oʻrta Osiyoda eng qadimiy sanalgan metall qurollar topildi
- Bir xum tilla topib olindi. Ushbu xazinada Gʻarbiy Rim imperiyasi imperatorining suratlari tushirilgan 141 dona oltin tanga bor
- Tilim “Man Siti” deb chiqqan yoxud bitta oʻzbek yigiti qanday qilib Yevropaning eng kuchli jamoalari orasida talash boʻldi (tahliliy maqola)
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring