Toshkentda oʻt oʻchirish mashinasi va “Gentra” ishtirokida YTH sodir boʻldi

19:39 11 Iyul 2024 Jamiyat
251 0

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida oʻt oʻchirish mashinasi va “Gentra” rusumli avtomashina ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, hodisa bugun, 11-iyul kuni soat 16:30 larda Shayxontohur tumani Alisher Navoiy koʻchasida sodir boʻlgan.

Aniqlik kiritilishicha, Olmazor tumani Muhokama koʻchasidagi 14-uyda yongʻin sodir boʻlayotgani yuzasidan kelib tushgan chaqiruvga asosan mazkur manzil tomon harakatlanib ketayotgan 27 yoshli M.A. boshqaruvidagi ISUZU rusumli yongʻin qutqaruv maxsus transport vositasi hamda 2001-yilda tugʻilgan S.F. boshqaruvida boʻlgan “Gentra”rusumli avtomashinalar ishtirokida yoʻl transport hodisasi yuz bergan.

YTH oqibatida “Gentra”haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam koʻrsatilgan.

Manbaga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер