Toshkentda nufuzli islom anjumani o‘z ishini boshladi

Foto: Sirojiddin Vohidov, Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Bugun poytaxtimizda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusidagi xalqaro konferensiya ochildi. Ushbu nufuzli anjuman ishida dunyoning Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Iordaniya, O‘mon, Rossiya, AQSH, Fransiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Hindiston va Pokiston kabi 22 mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar ishtirok etmoqda. Konferensiya ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tabrik yo‘lladi. Uni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi.
Tabrikda ta’kidlanganidek, yangi O‘zbekistonda buyuk ajdodlarimiz merosini mukammal o‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bir qator ma’rifiy markazlarning tashkil etilgani allomalarning asarlarini o‘rganish va targ‘ib etish imkonini bermoqda. Konferensiya ishi ham islom dinining olijanob va ezgu g‘oyalarini ochib berishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Anjuman ishtirokchilarning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan mamlakatimizda so‘nggi 7 yil mobaynida diniy-ma’rifiy sohada ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Hadis ilmi maktabi, Mir Arab oliy madrasasi, Imom Termiziy nomidagi islom instituti tashkil qilindi. Bu ma’rifiy muassasalarning barchasi nafaqat diniy, balki dunyoviy ilmlarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan buyuk allomalarimizning merosini asrab-avaylash, bugungi kun voqeligi nuqtai nazaridan chuqur tadqiq etish, yoyish va targ‘ib qilish, nainki musulmon olami, balki butun jahon jamoatchiligiga tanitishga xizmat qiladi.
Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad shiddatli globallashuv sharoitida islom dini qadriyatlari, uning tinchlikparvarlik mohiyatini keng targ‘ib qilish, yoshlarni diniy bag‘rikenglik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda islom diniga yot radikal qarashlarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirish va bunda O‘zbekiston tajribasini, diniylik va dunyoviylik muvozanatini saqlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini xalqaro jamoatchilikka yetkazishdan iboratdir.
Foto: Sirojiddin Vohidov, Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring