Toshkentda nomaʼlum shaxs 12 yoshli qizga tashlandi

16:37 18 Mart 2025 Jamiyat
167 0

Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxs voyaga yetmagan qizga nisbatan kuch ishlatganligi aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 10-mart kuni taxminan soat 16:30 larda Toshkent shahrining Yashnobod tumani “Doʻstobod” mahallasi hududida sodir boʻlgan. Oʻsha kuni 19 yoshli X.D. (u 2-guruh nogironi, ruhiy-asab kasalliklari dispanserida roʻyxatda turadi) shu yerdan oʻtib ketayotgan voyaga yetmagan 12 yashar M.X. (qiz)ga nisbatan kuch ishlatgan. Qizcha baqirganidan soʻng X.D. uni qoʻyib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan.

Mazkur holat yuzasidan oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida M.X.ga zarar yetmagani aniqlangan va u bilan psixolog tomonidan suhbat oʻtkazilgan. Fuqaro X.D. voqea sodir boʻlgan kunning oʻzida shahar ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.

Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda. Tekshiruv yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер