Toshkentda “Nexia-2” va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir boʻldi
Illyustrativ foto
Toshkent shahrida boshqaruvni yoʻqotgan “Nexia-2” yoʻl chetida toʻxtab turgan yuk mashinasiga borib urildi. Bu haqda poytaxt IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 11-sentyabr kuni soat 17:15 larda Mirzo Ulugʻbek tumani Yangi Oʻzbekiston koʻchasida sodir boʻlgan. 27 yoshli X.M. “Nexia-2” rusumli avtomashinasining rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetida harakatsiz turgan “Iveco” yuk avtomashinasi bilan toʻqnashgan.
YTH oqibatida “Nexia-2” haydovchisi X.M. va yoʻlovchisi B.A. tan jarohati olgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring