Toshkentda “Matiz” elektroskuterni urib yubordi

12:54 02 Iyul 2024 Jamiyat
115 0

Toshkent shahri Mirobod tumanida “Matiz” elektroskuter ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 1-iyul kuni soat 23:30 larda Mirobod tumani Fargʻona yoʻli koʻchasida yuz bergan. Oʻsha kuni 22 yoshli J.P. “Matiz” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, bir yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan 26 yoshli A.X. boshqaruvidagi elektroskuter bilan toʻqnashuv sodir etgan.

Aytilishicha, YTH oqibatida skuter haydovchisi A.X. tan jarohat olgan. Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер