Toshkentda kanatli jamoat transporti yoʻlga qoʻyilishi mumkin

15:13 25 Yanvar 2024 Jamiyat
542 0

23-yanvar kuni Xitoyning Shenchjen shahrida Toshkent shahar hokimi в.б. Shavkat Umurzakov boshchiligidagi delegatsiya Beijing North Bartholet Ropeway Technology kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha “Toshkent invest kompaniyasi” va Beijing North Bartholet Ropeway Technology oʻrtasida investitsiya shartnomasi imzolandi.

Loyiha yerusti transportini kanatli taksilar bilan dublyor takrorlashga qaratilgan boʻlib, jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi rejalashtirilgan, ularning tavsiyalari va takliflari kompaniya loyiha ofisiga yuboriladi, deyiladi xabarda.

Suratlarda kanat yoʻli shaharning “Maxtumquli” koʻchasida qurilganini, har bir kabinasi 10 kishini sigʻdira olishini koʻrish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер