Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi
Foto: Ijtimoiy tarmoq
Bugun, 27-fevral kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida tormozi ishlamay qolgan yoʻlovchi avtobusi yoʻl chetidagi daraxtga borib urildi. Poytaxt hokimligi matbuot xizmati hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, masʼul tuzilmalar xodimlari holatni oʻrgangan. Aniqlanishicha, hodisa avtobusning yurish qismidagi texnik nosozlik sababli yuzaga kelgan.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea joyiga tezkor ravishda qutqaruv xizmatlari va tez tibbiy yordam brigadalari yetib kelgan. Hodisa oqibatida bir kishi jarohat olgan, uning ahvoli aniqlanmoqda.
“Hozirgi vaqtda vakolatli organlar tomonidan hodisaning barcha holatlarini oʻrganish boʻyicha tekshiruv oʻtkazilmoqda. Vaziyatni oʻrganish yakunlariga koʻra qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring