Toshkentda ilk bor EduCO Fest yoshlar festivali boʻlib oʻtadi

13:00 15 Avgust 2023 Jamiyat
517 0

Foto: Illustrativ foto

2023-yil 18-avgust kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi markaziy istirohat bogʻida (sobiq “Telman” bogʻi) ilk bor “EduCO Fest” yoshlar festivali boʻlib oʻtadi. Tadbirdan koʻzlangan maqsad – ekologiya sohasidagi taʼlimni rivojlantirish va mamlakatda ekologiya hamjamiyatlarini qoʻllab-quvvatlashdir.

Festival Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda.

“EduCO Fest” taʼlim va ekologiyaning oʻzaro uygʻunligi boʻlib, Markaziy Osiyoda yoshlar uchun qiziqarli va talabga ega boʻlgan yashil taʼlim konsepsiyasini targʻib qilish, ularning Oʻzbekistondagi yashil taʼlim sohasidagi joriy va yangi loyihalar va institutlar haqida xabardorligini oshirishga xizmat qiladi.

Tadbirda eko-ekspertlarning bir qator maʼrifiy maʼruzalari, shuningdek, “Pecha Kucha” (“Pecha Kucha” – zamonaviy konferensiya formati boʻlib, unda bir soha mutaxassislari hamkasblarining yutuqlari bilan tanishishlari va norasmiy muhitda muloqot qilishlari mumkin) uslubida turli hududlardan kelgan eko-faollarning chiqishlari – norasmiy maʼruzalar va taqdimotlar, yashil taʼlim uchun imkoniyat burchagi, interfaol tadbirlar, spektakllar. oʻyinlar va musiqiy tadbirlar oʻtkaziladi.

Festival yakunlari boʻyicha yashil taʼlimga qiziquvchi yoshlarning maʼlumotlar bazasi shakllantirilib, ular bilan kelgusida turli loyihalarda hamkorlik qilinadi.

Tadbirda qatnashish uchun havolasi orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim. Bundan tashqari, festivalda ishtirok etish bepul.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?