Toshkentda bogʻchada bolani kaltaklagan tarbiyachi jazoga tortildi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi maktabgacha taʼlim tashkilotida “Bogʻcha tarbiyachisining asabi joyida emas ekan” sarlavhali videolahva tarqalgandi. Holat yuzasidan poytaxt Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi izoh berdi.
Unga koʻra, videolavhadagi holat joriy yilning 30-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 512-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir boʻlgan. Video tarbiyachining oʻzi tomonidan ota-onalar Telegram guruhiga kutilmagan holda yuborilgan.
Tasvirlarda tarbiyachi tort kesish vaqtida shovqin qilgan bolaga haqoratli soʻzlar bilan doʻq urib, uning yuzi va boshiga ikki-uch bor urganini koʻrish mumkin.
Ushbu holat mazkur taʼlim muassasasi maʼmuriyati tomonidan tarbiyachi-xodimlar hamda ota-onalari ishtirokida muhokama qilingan. Tarbiyachiga nisbatan mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qoʻllangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring