Toshkentda bogʻcha tarbiyachisi 5 yosh bolani kaltaklagan: holat Bosh prokuratura nazoratida
Foto: Illustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkentda bogʻcha tarbiyachisi yosh bolani kaltaklamoqda” sarlavhasi ostida video tarqalgandi.
Qayd etilishicha, ushbu videotasvir Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan 512-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi N.T. tomonidan bolalardan birining tugʻilgan kunini nishonlash jarayonida videoga olingan.
N.T. tarbiyalanuvchi 2019-yilda tugʻilgan M.D. (oʻgʻil bola)ning xatti-harakatlaridan jahli chiqib, bolaning bosh qismiga bir necha marotaba urganligi aniqlangan. Holat 2024-yil 30-aprel kuni soat 11:00 da sodir boʻlgani aytilmoqda.
Bosh prokuratura holat yuzasidan munosabat bildirib, vaziyat nazoratga olinganligini maʼlum qildi. Hozirda ushbu holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring