Toshkentda 29 ta arxitektura yodgorligiga zarar yetkazilgan — Bosh prokuratura

20:39 23 Sentyabr 2022 Jamiyat
871 0

Foto: Illustrativ foto

Bosh prokuratura axborot xizmati maʼlum qilishicha, tomonidan Toshkent shahridagi hozirga qadar foydalanib kelinayotgan arxitektura yodgorliklarining ahvoli oʻrganilgan.

Poytaxtda mavjud 290 ta tarixiy binolarning 167 tasi tashkilot va idoralar tomonidan foydalanilmoqda.

Oʻrganishlarda 29 ta arxitektura yodgorligiga zarar yetkazgan holda 818 dona konditsioner hamda 20 ta obyektga 36 ta soyabon va bannerlar oʻzboshimchalik bilan oʻrnatilgani aniqlangan.

Jumladan, davlat muhofazasidagi:

— Toshkent iqtisodiyot universiteti binosiga 30 ta;

— Fanlar akademiyasiga 49 ta;

— Transport universitetiga 98 ta konditsioner oʻrnatilgan.

21 ta obyektdagi qonun buzilishi holatlari foydalanuvchilarning oʻzi tomonidan bartaraf etilgan. 25 ta obyekt foydalanuvchisiga nisbatan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishlar qoʻzgʻatilib, sudlarga yuborilgan.

Javobgarlik masalasi hal etilganlar orasida “Oʻzarxiv”, Badiiy akademiya, Fanlar akademiyasi, Ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi, “Geologiya muzeyi”, «Boshplan LITI» korxonasi va boshqa idoralar masʼul shaxslari bor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?