Toshkent viloyatidagi 3 ta “zapravka”da sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi

14:28 22 Oktyabr 2024 Jamiyat
144 0

Foto: Oʻzenergoinspeksiya

Toshkent viloyatida uchta AYQShda avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi holati aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Holat inspeksiya tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarish yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan.

Xususan, Ohangaron tumanida joylashgan “D.” xususiy korxonasiga qarashli AYQSh oʻrganilganda 4 dona ming litrlik yelim idishlarda dizel yonilgʻisi saqlanayotgani hamda nostandart yelim idishlarga dizel yonilgʻisi quyish holati aniqlangan. Shuningdek, ushbu shoxobchada sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-92 rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) maʼlum boʻlgan.

Shu kabi holatlar Yangiyoʻl tumanida “S.F.B.” MChJ va Parkent tumanida “P.” fermer xoʻjaligiga qarashli AYQShlarda ham aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYQSHlar kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?