Toshkent viloyatida joriy yil 7300 nafar jismoniy shaxsga taksi xizmatlari koʻrsatishga ruxsat berilishi rejalashtirilmoqda

15:41 24 Iyun 2021 Jamiyat
439 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yana-da soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan yengil avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni tashish faoliyati yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritildi.

Mazkur qaror ijrosini yuzasidan Toshkent viloyati boʻyicha joriy yil 7300 nafar jismoniy shaxslarni yoʻlovchilarni tashish faoliyati boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish rejalashtirilgan. Bu haqda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, bugungi kunda viloyat boʻyicha 11 nafar jismoniy shaxslar mazkur faoliyat turi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazildi.

Jumladan, Bekobod tumanida 3 nafar, Angren shaharda 3 nafar, Zangiota tumani, Oʻrtachirchiq tumani, Yangiyoʻl tumani, Bekobod va Olmaliq shaharlarida 1 nafardan jismoniy shaxslar mazkur faoliyat turi boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi.

Eslatib oʻtamiz, 2021-yil uchun ushbu faoliyat turi boʻyicha qatʼiy soliq stavkasi 150 ming soʻmni etib belgilangan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер