Toshkent viloyatida ustidan yuk mashinasi oʻtayotgan koʻprik qulab tushdi
Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati Piskent tumanida koʻprik qulab tushdi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Xabar berilishicha, hodisa kecha, 2-oktyabr kuni soat 20:00 larda sodir boʻlgan. 37 yoshli haydovchi “Howo” yuk mashinasini boshqarib ketayotib Piskent tumani hududidan oʻtgan Nurafshon-Piskent avtomobil yoʻlining 12-kilometrida joylashgan koʻprik ustidan oʻtayotganda inshoot qulab tushgan.
Oqibatda yuk mashinasi tirkamasi Polvonov nomli kanalga tushib ketgan. Qayd etilishicha, hodisa sodir boʻlganda koʻprik tepasida odamlar boʻlmagan. Haydovchi ham jarohatlanmagan.
Manbaga koʻra, kozirda holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Oʻsha vaqtda hodisa yuz bergan joyga IIB xodimlari jalb etilgan va xavfsizlik choralari koʻrilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring