Toshkent viloyatida kelin-kuyov nomaʼlum moddadan zaharlanib, vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda toʻyi boʻlgan kunining ertasiga er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. «Xalq soʻzi» muxbiri holat yuzasidan maʼlumot olish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bogʻlandi.
Uning maʼlum qilishicha, joriy yilning 15-dekabr kuni Piskent tumani, “Birlik” MFYda 29 yoshli R.D. va uning qonuniy nikohdan utmasdan yashab kelgan 27 yoshli ayoli A.S. vafot etgan.
Aniqlik kiritilishicha, voqea boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakati yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Ekspertizaning dastlabki maʼlumotnomasiga koʻra, shaxslarning vafoti nomaʼlum modda bilan zaharlanish, ichki aʼzolarning venoz (toʻlaqonli), miya va oʻpka shishishi aniqlangan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Piskent tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring