Toshkent viloyatida “Jetour” suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi

10:25 05 Sentyabr 2024 Jamiyat
164 0

Foto: Videodan kadr

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida koʻprikdan oʻtayotgan mashina suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 4-sentyabr kuni soat 16:00 da Gʻazalkent-Chirchiq yoʻlida sodir boʻlgan. Oqtosh koʻprigida harakatlanib ketayotgan “Jetour” avtomobili haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatda Gʻazalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketgan.

Manzilga yetib borgan FVV qutqaruvchilari maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni suvdan olib chiqqan. Avtomobilda yoʻlovchilar boʻlmagan, haydovchi jarohat olmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер