Toshkent viloyatida isitish taʼminoti va issiq suv narxi oshiriladi

14:11 08 Yanvar 2025 Jamiyat
235 0

2025-yil 1-fevraldan boshlab Toshkent viloyati boʻylab markazlashgan issiqlik taʼminoti va issiq suv narxi oʻzgaradi. Bu haqda xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarorida maʼlum qilingan.

Unga koʻra, viloyat “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasi, “Angren issiqlik energiyasi” DUK, Chirchiq “Issiqlik energiyasi” hamda “Olmaliq Issiqlik manbai” korxonalari tomonidan koʻrsatiladigan issiqlik taʼminoti xizmatlari tariflari oʻzgartiriladi.

Korxonalar tomonidan koʻrsatiladigan issiqlik taʼminoti xizmatlari tariflari narxi quyidagicha oshirilishi belgilangan: Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” boshqarmasi 81 312 soʻmdan 93 464 soʻmga, Chirchiq “Issiqlik energiyasi” korxonasi 88 088 soʻmdan 101 301 soʻmga, “Olmaliq Issiqlik manbai” 92 252 soʻmdan 100 800 soʻmga, “Angren issiqlik energiyasi” DUK 81 312 soʻmdan 93 508 soʻmga oshiriladi.

Yil davomida isitish taʼminoti va issiq suv tariflari 2 marotaba oshirish reja qilinmoqda.

“Chunki toʻlovlarni davlat tomonidan qoplab berishda juda katta subsidiyalar bor. Subsidiyadan qutilish va tizimni yangilash uchun biz narxlarni qayta koʻrib chiqishimiz lozim”, — deydi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi Ilhom Toʻrayev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?