Toshkent viloyatida ham yirik yongʻin sodir boʻldi
Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan osh markazi va doʻkon yonib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, bugun, 10-dekabr kuni soat 03:49 da Toshkent viloyati FVBga Qibray tumani, Gʻafur Gʻulom MFY, A.Navoiy koʻchasida joylashgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning birida (osh markazi) yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, 16 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 03:54 da hodisa joyigi yetib borib, yongʻin soat 05:10 da oʻrab olingan va soat 05:50 toʻliq oʻchirilgan.
“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari-Shtab boshligʻi polkovnik S.T. Zuparov, viloyat FVB rahbariyati hamda tegishli tashkilotlar rahbar xodimlari yetib borgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring