Toshkent viloyatida 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida Gentra, Damas va Chery rusumli avtomobillari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 31-may kuni soat taxminan 17:00 larda Ohangaron tumani hududidan oʻtgan xalqaro ahamiyatga ega A373 “M39 avtoyoʻli - Guliston - Boʻka - Angren - Qoʻqon va Andijon orqali – Oʻsh” avtomobil yoʻlining 165-kilometrida sodir boʻlgan.
1964-yilda tugʻilgan R.A. boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasida ikkinchi darajali yoʻldan asosiy yoʻlga qoʻshilayotgan vaqtida “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan haydovchilar – 1977-yilda tugʻilgan X.B. boshqaruvidagi “Gentra” va 1987-yilda tugʻilgan Yu.D. boshqaruvidagi “Chery rusumli transport vositalari bilan toʻqnashib, yoʻl transport hodisasi sodir etgan.
YHXBga koʻra, haydovchi va yoʻlovchilarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan. Ogʻir tan jarohati va vafot etganlar yoʻq.
Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring