Toshkent viloyatida 132,9 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan gʻisht zavodi aniqlandi

19:41 23 Avgust 2024 Jamiyat
276 0

Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan gʻisht ishlab chiqarish zavodi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oʻrtachirchiq tuman boʻlimi, “Oʻzenergoinspeksiya”ning Toshkent viloyati boshqarmasi va tuman ETK xodimlari hamkorligida “S.B.” MCHJga qarashli gʻisht ishlab chiqarish zavodida oʻrganish oʻtkazilgan.

Unda MCHJ rahbari X.R. tijorat maqsadida elektr hisoblagichdan tashqari umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, jami 132,9 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер