Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti talabasi YUNESKO tomonidan taqdirlandi

05:25 05 Noyabr 2024 Jamiyat
214 0

YUNESKO hamda Hunarmandlar uyushmasi etno-moda dizayni boʻyicha murabbiylik kursini yakunladi. Unda Oʻzbekistonning turli hududlaridan kelgan 11 nafar yosh ishtirokchilar etno-moda dizayni va uning jahon bozoridagi tendensiyalari boʻyicha qimmatli bilimlarga ega boʻldi.

Unda taniqli modelyer Marhamat Umarova yoshlarga oʻz bilimlarini ulashdi. Kurs YUNESKOning Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “Markaziy Osiyodagi Ipak yoʻli merosi yoʻlaklari – Yevropa madaniy meros yilining xalqaro oʻlchovi” loyihasi doirasida tashkil etilgan.

Unda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti talabasi Aziza Rahmanbayeva ham oʻz kolleksiyasini taqdim etdi hamda sertifikat bilan taqdirlandi. Yosh dizayner kelgusidagi rejalari bilan oʻrtoqlashdi.

“Kelajakda shaxsiy studiya tashkil etish niyatidaman. Chunki bilimlarimni boshqalar bilan ulashish menga energiya beradi. Shuningdek eng yuqori tanlovda ishtirok etib, oʻz mahoratimni koʻrsatib, xalqaro darajadagi dizaynerlar safidan oʻrin egallashimga ishonaman. Mening birinchi kolleksiya toʻplamim xalqaro tadbirda namoyish etildi va uni yaratish jarayoni meni xotiramda unutilmas boʻlib muhrlandi”, deydi oliygoh talabasi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, ushbu OTM talabalari va oʻqituvchilari orasida bu kabi yutuqlar oz emas. Xususan Moda va dizayn kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, AICP bloki rahbari Umida Moʻminova Parij xalqaro moda akademiyasining eng yuqori 6-darajali modelist diplomi bilan taqdirlangani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?