Toshkent shahri YHXBning Yunusoboddagi roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi vaqtincha yopiladi

09:05 08 Iyul 2024 Jamiyat
123 0

8-iyuldan boshlab Toshkent shahri Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining Yunusobod tumani O.Zokirov koʻchasi (sobiq Gvardeyskaya) 2-uyda joylashgan roʻyxatdan oʻtkazish, imtihon olish boʻlimi vaqtincha yopiladi. Bu yerda taʼmirlash ishlari olib boriladi.

Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati xabariga koʻra, haydovchilar quyidagi boʻlinmalarga murojaat qilishlari mumkin:

  • Mirobod tumani Beshkent koʻchasi 43-uy (Fayzobod);
  • Mirobod tumani Vodil koʻchasi 53-uy (Uzbum);
  • Chilonzor tumani Bunyodkor koʻchasi 118A-uy (Sobir Rahimov);
  • Sergili tumani Sergili avtomashina bozor hududida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер