Toshkent shahri boʻyicha ishchi guruhlar tomonidan 228 ta koʻp kvartirali uy va 3 ta ijtimoiy obyektda elektr taʼminoti tiklandi
Foto: Arxiv surat
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi Obidjon Moʻminov maʼlum qildi.
Dastlab, qish mavsumida Toshkent shahri aholisini qiynayotgan muammolarni qabul qilish va ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida tezkor ishchi guruhlar shakllantirildi.
Soha va hududlar boʻyicha vazir oʻrinbosarlari boshchiligida xodimlar tumanlarga biriktirildi.
Shuningdek, vazirlikda aholi murojaatlarini qabul qilish, masʼul ijrochilarga yetkazish va bajarilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha 24 soatlik dispetcherlik shtabi tashkil etildi.
Toshkent shahri boʻyicha joriy yilning 17-yanvar holatiga ishchi guruhlar tomonidan 228 ta koʻp kvartirali uy hamda 3 ta ijtimoiy obyektda elektr taʼminoti tiklandi, 97 ta koʻp kvartirali uyda issiqlik tarmogʻi taʼmirlandi. 102 ta koʻp kvartirali uyning elektr kabellari almashtirildi. 32 ta koʻp kvartirali uyning yertoʻla qismidagi quvurlari, 4 ta uyning lift uskunalari taʼmirlandi. 128 ta kirish yoʻlaklaridagi eshiklarga dovodchik oʻrnatildi. 34 ta elektr shit, 7 ta transformator uskunalari taʼmirlandi.
Misol uchun:
Chilonzor tumani: 28 ta koʻp kvartirali uyda elektr taʼminoti tiklandi, 17 ta koʻp kvartirali uyda issiqlik tarmogʻi taʼmirlandi. 24 ta koʻp kvartirali uyning elektr kabellari yangisiga almashtirildi. 9 ta koʻp kvartirali uyning yertoʻla qismidagi quvurlar taʼmirlandi. 22 ta kirish yoʻlaklaridagi eshiklarga dovodchiklar oʻrnatildi. 11 ta elektr shit, 1 ta transformator uskunalari taʼmirlandi.
Shuningdek, Uchtepa tumanida 31 ta koʻp kvartirali uyning elektr taʼminoti tiklandi, 13 ta koʻp kvartirali uyda issiqlik tarmogʻi, 2 ta koʻp kvartirali uyning yertoʻla qismidagi quvurlar, 15 ta elektr shit, 1 ta transformator uskunasi taʼmirlandi. 16 ta koʻp kvartirali uydagi elektr kabellar almashtirildi. 24 ta kirish yoʻlaklaridagi eshiklarga dovodchiklar oʻrnatildi.
Mirzo Ulugʻbek tumani:
Feruza mavzesida 2 ta koʻp kvartirali uylarning 12 ta kirish yoʻlaklaridagi eshiklarga dovodchiklar oʻrnatildi;
1 ta maxsus yuk mashinasida qum va tuz aralashmasi yoʻlaklarga sepildi;
Hududda temir eshiklarni oʻrnatish ishlari boshlandi;
Elektr taʼminoti boʻyicha:
4 ta nosoz elektr shitlar taʼmirlandi;
1 ta nosoz transformator uskunasi taʼmirlandi;
Issiqlik taʼminoti boʻyicha:
Geofizika mavzesida qozonxona ish faoliyati tiklandi. Natijada 17 ta koʻp kvartirali uy issiqlik bilan taʼminlandi.
Humoyun mavzesida 1 va 2 qozonxonalar ish faoliyati tiklandi va natijada 38 ta koʻp qavatli uy hamda 3 ta ijtimoiy obyekt issiqlik bilan taʼminlandi.
Taraqqiyot MFYda 2 ta xonadonning issiqlik tizimlari taʼmirlandi;
Qorasuv mavzesidagi koʻp kvartirali uylarning yertoʻla qismining issiqlik quvurlaridagi nosoz zadvishka quvurlari almashtirildi;
Muzlab qolgan suv quvurlari eritilib soz holatga keltirildi.
Yunusobod tumani:
Markaz-6 da 5 ta uyning kirish yoʻlaklari tozalandi;
Elektr taʼminoti boʻyicha:
Markaz-4 da 3 ta koʻp kvartirali uylarning elektr taʼminoti tiklandi;
Issiqlik taʼminoti boʻyicha:
K.Zaripova koʻchasidagi issiqlik quvurida D100 14 metr almashtirilib avariya bartaraf etilib, issiqlik tizimi tiklandi.
Yoʻlaklardagi qorlarni tozalash boʻyicha:
2023-yil 11 – 17-yanvar kunlari respublikadagi boshqaruv tashkilotlari tomonidan 16 247 nafar ishchi xodim jalb qilinib, koʻp kvartirali uylarning 87 335 ta kirish yoʻlaklari qordan tozalandi. 698 016 kv/m maydonga qum-tuz aralashmasi sepildi, 4 361 ta uyning tom va soyabonlaridagi sumalaklar olib tashlandi. Koʻp kvartirali uylarga tutash hududlarda qor yogʻishi natijasi singan 1874 ta daraxt tartibga keltirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring