Toshkent qilichbozlik boʻyicha Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi
Foto: Illustrativ foto
Poytaxtimizda 10-12-fevral kunlari qilichbozlik boʻyicha ayollar oʻrtasida Jahon kubogi bosqichi boʻlib oʻtadi. Unda nafaqat litsenziya uchun, balki Parij-2024 Olimpiadasi medallari uchun ham daʼvogarlik qiluvchi jahon reytingining yetakchilari ishtirok etadi.
Oʻzbekiston Qilichbozlik federatsiyasining xabar berishicha, bugungi kunga qadar ushbu nufuzli tanlovda ishtirok etish uchun 20 ga yaqin davlatdan arizalar kelib tushgan. Xitoy, Ispaniya, Yaponiya, Vengriya, Janubiy Koreya, Polsha, AQSH, Italiya, Ozarbayjon, Bolgariya, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarning eng kuchli vakillari yakka va jamoaviy bahslarda kuch sinashadi.
Oʻzbekiston sharafini 18 nafar yosh va umidli sportchi himoya qiladi. Shuningdek, turnirda Tokio-2020 ishtirokchisi Zaynab Dayibekova va Paola Pliyego kabi tajribali qilichbozlarning ham ishtiroki koʻzda tutilgan.
Ayollar oʻrtasida qilichbozlik boʻyicha jahon kubogi bosqichi Gimnastika saroyida boʻlib oʻtadi. Ushbu nufuzli musobaqalarga kirish barchaga ochiq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring