Toshkent metrosi bayram kunida uzluksiz 21 soat ishlaydi

16:20 23 Dekabr 2024 Jamiyat
249 0

“Toshkent metropoliteni” DUK yangi yil bayrami kunlari yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatiladigan harakat jadvali haqida maʼlumot berdi.

Unga koʻra, bayram munosabati bilan poyezdlar qatnovi hamda metro ishlash vaqti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Toshkent metropoliteni ilk marotaba 31-dekabr tonggi 05:00 dan 1-yanvar soat tungi soat 02:00 gacha yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi. Yaʼni, shu kuni metro bekatlari ish vaqti odatdagidan 2 soatga uzaytiriladi.

Shuningdek, qoʻshimcha dam olish kunlarida metro poyezdlarining harakat jadvali yuzasidan rejaviy ishlar amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер