Toshkent xalqaro aeroportida kapsulali mehmonxona ochildi

19:37 23 Iyun 2025 Jamiyat
232 0

Foto: “Uzbekistan Airports”

Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida (roʻyxatdan oʻtish zali) “Qoʻnoq” brendi ostidagi kapsula mehmonxonasi ochildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.

Qayd etilishicha, endilikda yoʻlovchilar oʻz parvozlariga roʻyxatdan oʻtishdan oldin steril boʻlmagan hududda bemalol dam olishlari mumkin. Mini-mehmonxonada oltita zamonaviy kapsula — toʻrtta standart bir kishilik va ikkita oilaviy (ikki kishilik) kapsula mavjud.

Har bir kapsula individual yopiq joy boʻlib, ortopedik matras, choyshablar toʻplami, qulay ortopedik matrasli krovat, individual shamollatish va yoritish tizimlari, rozetkalar va zaryadlash moslamalari uchun USB portlar bilan jihozlangan. Mehmonlarga qulaylik yaratish uchun shaxsiy seyf, oyna, kiyim ilgich va soatli ekran mavjud. Kapsula optimal mikroiqlimni saqlab turadi.

Bir kishilik standart kapsula tariflari:

  • 4 soatgacha — 400 000 soʻm;
  • 6 soatgacha — 600 000 soʻm;
  • 8 soatgacha — 800 000 soʻm.

Ikki kishilik standart kapsula tariflari:

  • 4 soatgacha — 600 000 soʻm;
  • 6 soatgacha — 800 000 soʻm;
  • 10 soatgacha — 1 000 000 soʻm.

“Ushbu mini-mehmonxona konsepsiyasi tranzit yoʻlovchilar, shuningdek, boshqa viloyatlar yoki qoʻshni davlatlardan parvozdan bir necha soat oldin kelgan yoʻlovchilar uchun ajoyib yechimdir”, deyiladi xabarda.

Aytish joiz, Toshkent aeroporti joʻnash terminalining steril hududida ham ikki yildan buyon “Qoʻnoq” brendi ostida mehmonxona faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?