Toshkent issiqlik elektr stansiyasida mazutdan foydalanilayotganligi aniqlandi

18:21 02 Fevral 2024 Iqtisodiyot
777 0

23–31-yanvar kunlari Ekologiya vazirligi tomonidan Qibray tumanining Salar shaharchasida joylashgan “Toshkent IES” (issiqlik elektr stansiyasi) faoliyati tekshirildi.

Tekshiruv davomida korxonada gaz asosiy yoqilgʻi hisoblangani, shuningdek, qoʻshimcha yoqilgʻi sifatda mazutdan foydalanilayotganligi aniqlandi. Shu sababli Toshkent shahri havosini tutun qoplagan.

Tekshiruv natijalariga koʻra issiqlik elektr stansiyasiga atrof-muhitni ifloslantirgani uchun 1 mlrd. 23 mln soʻm (atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun 759 mln, neft mahsulotlari bilan yerni ifloslantirganlik uchun 264 mln) miqdorida kompensatsiya belgilandi.

Bundan tashqari, IESga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 16 banddan iborat majburiy koʻrsatmalar berildi.

Ayni damda toʻplangan hujjatlar huquqbuzarlikka yoʻl qoʻygan IES mansabdor shaxslariga tegishli chora koʻrish maqsadida sud organlariga yuborilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?