Toshkent – Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovlari soni koʻpaytirildi

18:28 25 Iyul 2024 Jamiyat
512 0

Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida poytaxtdan Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumaniga (“Chorvoq” erkin turistik zonasiga) grafik asosida harakatlanuvchi mavsumiy avtobuslar qatnovi koʻpaytirildi.

Endilikda avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 8:00, 09:00, 11:00 va 16:30 da joʻnaydi. Chorvoqdan (Xumson) esa 6:00, 16:00, 18:00 va 19:00 harakatlanadi.

Qatnovlar Uzautotrans service korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yoʻnalishda yoʻlkira narxi 20 000 soʻm etib belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?