“Toshkent — Andijon — Toshkent” yoʻnalishida harakatlanadigan poyezdlarning bitta reysi toʻxtatiladi
“Toshkent MTU” UKga qarashli “Aqcha-Obliq” temir yoʻl stansiyalari oraligʻi 101-kilometr 9-piketidagi koʻprikda taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan, joriy yil 27, 28-may kunlari “Toshkent — Andijon — Toshkent” yoʻnalishida harakatlanadigan yoʻlovchi poyezdlarning 1 ta reysi bekor qilinadi. Xususan:
— 2022-yil 27-may kuni “Toshkent — Andijon — Toshkent” yoʻnalishidagi 64/63-sonli;
— 28-may kuni “Toshkent — Andijon — Toshkent” yoʻnalishidagi 60/59 hamda 62/61-sonli yoʻlovchi poyezdlarining;
— 28-may kuni 6408-sonli “Toshkent — Angren” hamda 29-may kuni 6409-sonli “Angren — Toshkent” shaharlararo yoʻlovchi poyezdlarining 1 ta reysi bekor qilinadi.
Bundan tashqari, 27-may kuni “Buxoro — Andijon” yoʻnalishida harakatlanadigan 391-sonli yoʻlovchi poyezdi “Buxoro — Toshkent”, 28-may kuni esa “Andijon — Termez” yoʻnalishida qatnovchi 397-sonli yoʻlovchi poyezdi, “Toshkent — Termez” yoʻnalishida amaldagi jadval boʻyicha harakatini amalga oshiradi.
Ushbu poyezdlarga oldindan xarid qilingan chiptalar yoʻlovchilarga toʻliq qaytariladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring