Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stansiyasi faoliyati favqulodda toʻxtatildi
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekiston Energetika vazirligi Namangan viloyatidagi “Oʻztransgaz” AJga qarashli magistral gaz quvuri oʻtgan yer maydonida nomaʼlum shaxslar tomonidan kelishmasdan yerni qazish ishlari olib borilganligi natijasida gaz quvuriga shikast yetkazganligi toʻgʻrisida xabar beradi.
Ushbu gaz quvuri Toʻraqoʻrgʻon IESni yoqilgʻi bilan taʼminlaydi. Mazkur gaz quvuriga yetkazilgan shikast natijasida Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stansiyasi favqulodda toʻxtatildi.
Hozirgi vaqtda nosozliklarni bartaraf etish, shuningdek, elektr taʼminoti uchun zaxira quvvatlarini ishga tushirish boʻyicha barcha choralar koʻrilmoqda.
Boshqa elektr stansiyalarida zaxira energobloklarini ulash boʻyicha ishlarni bajarish uchun maʼlum vaqt zarurligini inobatga olgan holda, ayrim hududlarda elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring