Toʻraqoʻrgʻon IESga tabiiy gaz yetkazib berilishi tiklandi. Stansiya umumiy tarmoqqa elektr energiya uzata boshladi

19:04 17 Avgust 2022 Jamiyat
473 0

Foto: Arxiv surat

Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stansiyasiga tabiiy gaz yetkazib beruvchi magistral gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etib, stansiyaga gaz yetkazib berilishi qayta tiklandi.

Soat 18:33 da 1-son energoblok tarmoqqa ulanib elektr energiyasini uzatishni boshladi. Stansiya soat 19:30 dan toʻliq quvvatda ishlay boshlaydi.

Eslatib oʻtamiz: Yoʻqotilgan quvvatni tiklash uchun Toshkent, Yangi Angren, Sirdaryo IESlari hamda Chorvoq gidroelektr stansiyasidagi zaxira energobloklar ishga tushirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?