Tolimarjon IESda 4-5-sonli bugʻ-gaz qurilmalarini bunyod qilish ishlari davom etmoqda

10:25 16 Iyul 2024 Iqtisodiyot
46 0

Tolimarjon IESda investitsiyaviy loyiha asosida umumiy quvvati 1065 MVt boʻlgan 4-5-sonli bugʻ-gaz qurilmalarini bunyod qilish ishlari davom etmoqda.

Loyihaning bosh pudratchisi sifatida Ispaniyaning “Intecsa Ingeniera Industrial S.A.” va Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” kompaniyalari qatnashyapti. Shuningdek, qurilish ishlariga Turkiyaning “Çalik Enerji” kompaniyasi mutaxassislari ham jalb qilingan.

2025-yilda yagona energotizimga ulanishi koʻzda tutilgan mazkur bugʻ-gaz qurilmalarining ishga tushirilishi natijasida korxonada yiliga qoʻshimcha yana 8,5 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga erishiladi.

Ahamiyatlisi, yuqori tejamkor texnologiyalarni qoʻllash hisobiga yiliga 600 million kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Ayni paytda bugʻ-gaz qurilmalarining turbina poydevorlari bilan bogʻliq armatura va beton ishlari yakunlangan.

Maʼlumot oʻrnida, qurilishda 1 ming 684 nafar mutaxassis, shu jumladan, 1 ming 500 nafar mahalliy ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер