“Tokio-2020” chempioni Akbar Joʻrayev dast koʻtarishda 3-oʻrinni egalladi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.
Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Akbar Joʻrayev “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini boshlab oldi.
Erkaklar oʻrtasida +102 kg vazn toifasida qatnashayotgan hamyurtimiz oʻzining dast koʻtarishdagi chiqishlarini yakunladi.
Unda hamyurtimiz Akbar Joʻrayev 185 kg natija qayd etdi. Yurtdoshimiz hozircha 3-oʻrinda ketmoqda. Akbardan oldinda turgan ikki sportchi atigi bir kilogrammga yaxshiroq natija koʻrsatishgan.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Akbar Xusnidilla oʻgʻli Joʻrayev 1999-yil 8-oktyabrda Toshkent viloyati Gʻazalkent shahrida tavallud topgan. Akbar 109 kg vazn toifasida “Osiyo chempionati – 2019” kumush medali sovrindori, 2019-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi hisoblanadi. U 2020-yil Tokioda Olimpiada chempioni boʻlgandi.
Bungacha Hasanboy Doʻsmatov va Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev “Parij-2024”ning boks bellashuvlarida oltin medallarni qoʻlga kiritgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring