Toyloqda uch nafar fuqaro tabiatga 211 170 000 soʻm zarar keltirdi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Ushbu holat Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi va uning Toyloq tumani inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan aniqlandi.
Maʼlumki, bugungi kunda Respublikamizda davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilishiga qarshi moratoriy joriy etilishi munosabati bilan daraxtlarni tegishli ruxsatlarsiz kesish qatʼiyan man etiladi.
Shunga qaramay, Toyloq tumanining “Oʻray elipok” MFY da yashovchi uch nafar fuqarolar noqonuniy ravishda bir necha tup daraxtni kesgani oshkor boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 79-moddasi 1-qismi bilan ularning har biriga BHMning 25 barobaridan jarima qoʻllanildi. Bundan tashqari, fuqaro G.M ga 51 340 000 soʻm, M.F ga 28 730 000 soʻm hamda B.K ga 56 100 000 soʻm tabiatga yetkazilgan zararlar hisoblandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring