“Tinchlikka Putin yoki Tramp emas, balki Zelenskiy toʻsqinlik qilmoqda” — AQSHda Ukrainadagi mojaroga barham berishning yangi sharti aytildi
Illyustrativ foto
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻz mamlakatida tinchlik oʻrnatilishiga toʻsqinlik qilmoqda, uni hokimiyatdan chetlatish kerak. Bu fikrlarni “The American Conservative” manbasi yozdi.
“Tinchlikka Putin yoki Tramp emas, balki Zelenskiy toʻsqinlik qilmoqda”, — deyiladi nashr materialida. Shu oʻrinda maqola muallifi jangovar harakatlarni tugatishni istamaydigan Zelenskiyning kuchi nafaqat Ukrainaning oʻziga, balki butun dunyoga tahdid solayotgani haqida ogohlantirdi.
Oʻz navbatida, AFP oʻz manbasiga tayanib, Putin AQSH prezidentiga telefon orqali muloqot chogʻida Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytganini daʼvo qilmoqda.
AQSH prezidenti Donald Tramp 18-avgust kuni Vashingtonda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni qabul qildi. U mehmonni Oq uy zinapoyasida shaxsan kutib oldi. Shundan soʻng qarorgohga Yevropa yetakchilari Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Germaniya kansleri Fridrix Mers, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Italiya bosh vaziri Jorja Meloni, NATO Bosh kotibi Mark Ryutte hamda Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen ham yetib keldi.
Muloqot oʻrtasida Tramp Putin bilan gaplashib olishini aytib, muzokarani tark etgan va oradan qirq daqiqa oʻtib qaytgan.
Rossiya prezidentining xalqaro masalalar boʻyicha maslahatchisi Yuriy Ushakovning ikki siyosatchi oʻrtasidagi suhbat samimiy va juda konstruktiv oʻtgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring