Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
Oliy Majlisi Senatining kengashi prezident taqdimnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi lavozimiga Timur Ishmetovni tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Timur Aminjonovich Ishmetov (1979-yilda tugʻilgan) bakalavriatni Toshkent moliya institutining moliya-kredit fakultetida (2000), magistraturani esa Birmingem universitetining International Money and Banking yoʻnalishida tamomlagan (2005). Shuningdek, Ishmetov Toshkent davlat yuridik universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan (2007).
Ishmetov mehnat faoliyatini 2000-yilda Markaziy bankda iqtisodchi sifatida boshlagan, u yerda turli lavozimlarda, jumladan, Monetar operatsiyalar departamenti, Xalqaro zahiralarni boshqarish departamenti, Ichki valyuta bozori operatsiyalari departamenti hamda valyutani tartibga solish va nazorat departamenti boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
U 2017−2019-yillarda Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2019-yil may oyidan 2020-yil fevralida vazir etib tayinlangunicha Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring