Tilla taqinchoqlarni noqonuniy olib oʻtilishiga chek qoʻyildi

17:45 06 Iyul 2023 Jamiyat
375 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Jismoniy shaxslar oʻz ehtiyojlari uchun 65 grammgacha zargarlik buyumlarini bojxona toʻlovlarisiz yurtimizga olib kirishiga ruxsat etilganligiga qaramay, ushbu mahsulotlarni mamlakatimizga noqonuniy tarzda olib kirish holatlari uchramoqda.

Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, «Istambul-Samarqand” yoʻnalishidagi aviareys bilan Samarqand xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro N. X.ning xatti-harakatlari bojxonachilar eʼtiborini tortdi.

Natijada yoʻlovchi N. X. xolislar ishtirokida shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganda, kiyimlari orasiga yashirilgan, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan, jismoniy shaxslarning bojsiz olib kirish normasidan ortiqcha boʻlgan qiymati 47,3 million soʻmlik, ogʻirligi 209,86 gramm kumush va 83,53 gramm zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Sud qaroriga koʻra, huquqbuzar N. X. ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi hamda zargarlik buyumlari tegishli tartibda davlat foydasiga musodara qilindi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?