Termizda noqonuniy tarzda quyon ovlagan shaxsga chora koʻrildi
Foto: Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida quyonlarni noqonuniy ovlagan shaxsga chora koʻrildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamkorligida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazilgan. Reyd davomida tumandagi Uchkoʻl koʻllari hududida Toshkent shahrida yashovchi fuqaro tomonidan 13 bosh yovvoyi quyon noqonuniy ovlangani aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaro ovni taqiqlangan usulda — tunda yorituvchi moslamadan foydalangan holda amalga oshirgan. Hisob-kitoblarga koʻra, noqonuniy ov natijasida tabiatga 5 million 356 ming soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.
Huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddasi bilan chora koʻrilgan. Shuningdek, ov jarayonida foydalanilgan, huquqbuzarga tegishli boʻlgan 3 dona ov miltigʻi ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilib, viloyat IIBga topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring