Termiz xalqaro aeroportida havodagi harakatni boshqarish dispetcherlik minorasi qurilishi ishlariga start berildi
“Oʻzaeronavigatsiya” Markazi DUK tomonidan Termiz xalqaro aeroporti hududida HHB (havodagi harakatni boshqarish) dispetcherlik minorasining qurilishi ishlariga start berildi.
Qurilish jarayonida maʼmuriyat uchun 2 qavatlik yangi bino va HHB dispetcherlari uchun minora barpo etilishi rejalashtirilgan. Ikki qavatlik bino uzunligi 24 metr, kengligi 15 metr va minora balandligi 20 metrni tashkil etadi.
Loyiha bosh arxitektori — Magomedova Gulshoira Islamovna, qurilish ishlarining bosh loyihalovchi tashkiloti – “Aero Yoʼl Loyiha” MCHJ va subloyihachi tashkilot – “OʼzshaharsozlikLiti” DUK.
Obyekt qurilishi ishlarini yakuniga yetkazish muddati loyiha boʻyicha 2024-yil aprel oyiga moʻljallangan. Ushbu bino kelajakda havodagi harakatni boshqarishni yanada sifatli amalga oshirish hamda parvozlar xavfsizligini taʼminlash uchun xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring