TDPUda “Davlat tili va zamonaviy taʼlim-tarbiya” mavzusida anjuman boʻlib oʻtdi

Yurtimizda bayramlar koʻp va har biri oʻzining teran mohiyatiga ega. Ana shunday bayramlardan biri — 21-oktyabr — Oʻzbek tili bayrami kuni millatimiz, tilimiz, maʼnaviyatimiz tarixida oʻziga xos kun hisoblanadi.
Til har bir millatning eng qadrli boyligi, uning madaniyatidan tortib ichki dunyosini aks ettiruvchi muhim vosita sanaladi. Shu bois, oʻzbek tili bayramini munosib nishonlash maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Davlat tili va zamonaviy taʼlim-tarbiya” mavzusida anjuman boʻlib oʻtdi. Unda Nizomiy nomidagi TDPU rektori Alisher Umarov, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili va adabiyoti folklori instituti vakillari, universitet professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Bu haqda ushbu OTM matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirni universitet rektori A.Umarov oʻzining kirish soʻzida bugungi kunda barcha sohalar bilan birga davlat tilining jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar qilinganligi, Davlatimiz tomonidan maʼnaviy hayotimizni yana-da rivojlantirish, jumladan taʼlim- tarbiya ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarini takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish boʻyicha qabul qilingan oʻnlab farmon va qarorlar oʻzbek tili ravnaqiga bevosita ijobiy taʼsir qilayotganligi haqida gapirib oʻtdi.
Anjumanda soʻzga chiqqan mehmonlar tilimiz taraqqiyotiga davlatimiz tomonidan berilayotgan eʼtibor, shuningdek, hozirgi kunda oʻzbek tili AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya kabi oʻn beshdan ortiq davlatlarning 60ga yaqin universiteti va 100dan ortiq maktablarida oʻrganilayotganligi, oʻzbek tili boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan chet ellik tadqiqotchilar soni kundan-kun oshib borayotganligi haqida soʻz yuritildi.
Tadbir soʻngida universitet talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar yigʻilganlarga koʻtarinki ruh va bayramona kayfiyat ulashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring