Tashqarida oppoq qor, ichkarida issiq choy
Shu kunlarda yurtimizning barcha hududlari qish koʻrpasi -oppoq qor bilan qoplandi. Bu ajib goʻzallikdan koʻz ham, koʻngil ham quvnamoqda. Zero, oqlik — yaxshilik, ezgulik, poklik timsoli boʻlishi barobarida takrorsiz goʻzallik yaratuvchi begʻubor rang hamdir. Shu bilan birga unda hamjihatlik, ahillik va mehr-oqibat qadriyatlarining ifodasi ham mujassam.

Ha, anchadan buyon sogʻinib kutilgan qor nafaqat koʻngillarga zavqu shavq ulashmoqda, balki insonlarni bir-biriga yanada mehrli boʻlishga ham undayotir. Bunga mana shunday qorli-qirovli, sovuq ob-havoli kunlarda Sirdaryo viloyatidagi davlat xizmatlari markazlariga kelayotganlar issiq choy, qahva va shirinliklar bilan kutib olinayotgani ham misoldir.

– Viloyatimizning barcha tuman-shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarga issiq choy, qahva va shirinliklar taklif qilinayotgani ham yurtimizda inson qadri eng ulugʻ qadriyat ekaniga bir dalolatdir, — deydi Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi shubʼa boshligʻi Aziz Mavlonov. – Shuningdek, davlat xizmatlari markazlarida mini kutubxonalarning tashkil etilgani fuqarolar uchun yana bir qoʻshimcha qulaylik boʻlib, navbat kutish jarayonida vaqtni mazmunli va foydali oʻtkazishga xizmat qilmoqda. Muhimi, mazkur muassasalarda joriy etilgan elektron navbat tizimi fuqarolarga xizmatlardan tez, shaffof va qulay foydalanish imkonini bermoqda.

Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring